Joriy yilning 28-avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi sport maktablari metodistlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda Nukus filiali direktori, dotsent Q. Mamutov, Sport vazirligi vakillari, sport maktablari metodistlari hamda Nukus filialining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminar davomida sportda yuqori natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan tajriba va omillardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, sport maktablarida faoliyat yuritayotgan trenerlarning ish yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar berildi.



