🔹Joriy yilning 27-fevral kuni Institutning Nukus filiali fevral oyi malaka oshirish kursi Taekwondo WT guruhi tinglovchilari uchun filial «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi Kim Robert tomonidan Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy mahorat sport maktabida pedagogik mahoratni oshirish doirasida amaliy dars tashkil etildi.
🔹Mazkur amaliy dars jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport-pedagogik mahoratini oshirish, dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.




