“Kitobxonlik kuni”

Joriy yilning 27-fevral kuni Institutning Nukus filialida “Kitobxonlik kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida “Kitob burchagi”da o‘tkazildi. “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Axmedova tomonidan Roy Andersenning “O‘qituvchi, ota-ona, farzand: XXI asr bolasini hayotga tayyorlash” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar va tarbiya jarayonidagi dolzarb masalalar batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan keng fikr-mulohazalar bildirildi hamda qizg‘in muhokamalar olib borildi.