#Mahorat_darsi|

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Nukus filiali fevral oyi tinglovchilari, Muaytay trenerlari tomonidan Nukus shahar 1-son sport maktabida mahorat darslari o‘tkazildi.
🔹 Qurbonov Kurbonmurot- “Tirsak zarbalari (elbow strike) – hujum va himoya”;
🔹 Berdiyev Murodjon— “Muay taychilarning umumiy va jismoniy tayyorgarligini oshirish”;
🔹 Choriyev Bekzod — “Muay taychilarga qo‘l va oyoq bilan beriladigan zarbalar texnikasini o‘rgatish”-mavzularida tashkil etildi.
Tinglovchilar ushbu jarayonda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.