«Yoshlar kuni»

Joriy yilning 4-iyun kuni Nukus filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ushbu muloqotda Nukus filiali O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Abatov, professor o‘qituvchilar va iyun oyi malaka oshirish kursi yosh tinglovchilari qatnashdi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan taqdim etilgan taklif va loyihalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish va istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq qilish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va ko‘rsatmalar berildi.