Nukus filialida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun» munosabati bilan «Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti Amaliy filologiya kafedrasi dotsenti Zamira Dauletmuratova va Seregul Nzanova qatnashdilar
Tadbir davomida ishtirokchilarga 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, ona tilimizning tarixiy taraqqiyoti, boy imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan institutimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirish, xodimlar hamda tinglovchilar o‘rtasida milliy qadriyatlar va ma’naviy merosga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida madaniy-ma’rifiy va adabiy tadbirl tashkil etildi.


