“KORRUPSIYA KELAJAKKA TAHDID”

O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi 2017-yil 3-yanvar kungi O‘RQ-419-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2 fevral kungi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-sonli Qarori hamda 2019 yil 9-yanvar kungi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 22-dekabr kuni Nukus filialida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarga  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Q.Sodiqov, filial direktori Q.T. Mamutov,  professor-o‘qituvchilar va  ishchi xodimlar qatnashdi.

Seminarni  filial direktori Q.Mamutov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Sodiqov so‘zga chiqib,  u o‘z so‘zida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkoniyat yaratib berayotgan sabab va omillarning oldini olish bo‘yicha bir qator qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilinayotganligini aytib o‘tdi. Shuningdek Jinoyat Kodeksining 210-moddasida pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqedan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun javobgarlik nazarda tutilganligi  shuningdek tamagirlik — mansabdor shaxs tomonidan fuqaroning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan xizmatiga doir harakatlarni sodir etish tahdidi ostida pora talab qilish yoki fuqaroni uning qonuniy manfaatlariga zarar keltiradigan oqibatlarning oldini olish uchun pora berishga majbur etadigan sharoitga qasdan tushirishda ifodalanishini tushuntirib o‘tdilar. Seminar yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi va fikr-mulohazalari tinglandi.