MALAKA OSHIRISH KURSI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 24-26 avgust kunlari Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti xamda uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallarda faoliyat yuritayodgan xodimlar va professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Uch kunlik kurs davomida xodimlar va professor-o‘qituvchilarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy saviyasini, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni hamda o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berib boriladi .