Usnatdinov Islambek Uralbayevich

Nukus filiali 2023-yil mart oyi “Futbol” guruhi tinglovchisi.Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri Respublika oyin turlari va Yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi “Futbol” sport turi treneri.

📌Kasbiy faoliyat natijalariga ko’ra 95 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda to’g’ridan-to’g’ri malaka oshirish sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.

🏅Shaxsiy yutuqlari: Oʻzbekiston chempionatlari sovrindori va Qoraqalpogʻiston chempioni. I toifali trener.

🏆Trener sifatida:
Xalqaro turnirlar gʻolibi 4 nafar;
Oʻzbekiston chempioni 5 nafar;
Oʻzbekiston sovrindori 13 nafar;
22 nafar sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlagan.