O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida joriy yilning 16-mart kuni mart oyi tinglovchilari uchun “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedarsi professor-oʻqituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi vitse prezidenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi raisi Rustam Davlatov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda R. Davlatov “Shaxmat” federatsiyasining bugungi kundagi faoliyati hamda oyin qoidalari haqida aytib oʻtdi.
Kunning ikkinchi yarmida Nukus filialining “Shaxmat” xonasida “21-mart Umumxalq Navro‘z bayrami” munosabati bilan “Shaxmat” sport turi bo‘yicha filial xodimlari va mart oyi tinglovchilari o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.




