Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibrayim Yusupov 94 yoshda

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 5-may kuni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibrayim Yusupovning 94 yilligi munosabati bilan filial xodimlari va may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Ibrayim Yusupov — Qoraqalpoq shoiri, XX asr Qoraqalpoq adabiyotining fidoiysi, tarjimon, dramaturg va pedagog. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri. Oʻzbekiston Qahramoni. Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifi. Adabiy taxallusi- “Ayaziy”. Ibrayim Yusupov 1929-yil 5-may kuni Chimboy shahrida tavallud topgan.