Hozirgi vaqtda yoshlar o‘rtasida energetik ichimliklar isteʼmoliga o‘rganib qolayotganliklarini ko‘rishimiz mumkin.
Bu ichimlik tarkibida nimalar bor?
• aromatizatorlar – shirin va nordon taʼm beradi;
• kimyoviy komponentlar – taʼmni kuchaytiradi;
• ko‘pchilik holda kofein mavjud bo‘lib, uning miqdori nazorat va talab darajasidan yuqori.
Ushbu mavzu doirasida Nukus filialida joriy yilning 5-may kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Orazbayeva Navbahor Maratbayevna tomonidan may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.




