Nukus filialida hamkorlik aloqalari mustaxkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2022-yil 23-dekabr, PQ-449-son Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida va Fan va ishlab chiqarish oʻrtasida innovatsion  korporativ (oʻzaro manfaatli ) hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha joriy yilning 10- may kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Nukus filiali va O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boʻlimi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi hamda institutning logotipi tushirilgan maxsus nishon topshirildi.

Hamkorlik shartnomasini tuzishdan maqsad Fan va ishlab chiqarish oʻrtasida innovatsion korporativ (oʻzaro manfaatli) hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar va mutaxassis professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot  faoliyati natijasida yaratilayotgan ilmiy-texnologik ishlanmalarni tegishli sohalarga operativ tatbigʻini ta’minlash va amaliy yordam ko‘rsatishdir.