“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi  bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora – tadbirlar dasturi to‘g‘risida» gi PQ-3271-son qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonasida 25-may kuni may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida  “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi  bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-oʻrini “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” yoʻnalishi 3-guruh tinglovchisi Atabayeva Sapargul;
2-oʻrini “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” yoʻnalishi 4-guruh tinglovchisi Hayitov Bahodir;
3-oʻrini “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi” yoʻnalishi 4-guruh tinglovchisi Choriyev Foziljonlar egalladi.