“Yurak qon – tomir kasalliklarining oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 25-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori G. Mambetkarimov tomonidan filialda faoliyat yuritayotgan xodimlarga “Yurak qon – tomir kasalliklarining oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Sogʻlom oziq-ovqat – sogʻlom yurakning kafolati ekanligi, toʻgʻri ovqatlanishga rioya qilish, yomon odatlardan voz kechish va yurak-qon tomir tizimining kasalliklarini oldini olishning yana bir komponenti jismoniy faollik boʻyicha tushunchalar berildi.