“Biz dopingga qarshimiz” mavzusida seminar tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-149-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 15-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Oʻquv binosida profilaktik targʻibot bannerlari oʻrnatildi. Joriy yilning 25-may kuni may oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilariga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar”  kafedrasi  dotsenti, tibbiyot fanlari doktori G.Mambetkarimov  tomonidan “Biz dopingga qarshimiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda tinglovchilarga antidoping qoidabuzarliklari boʻyicha tushunchalar va tavsiyalar berildi.