Nukus filialida psixologik seminar-trening tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 3-iyun kuni «Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi M.Axmedova tomonidan filial professor –o‘qituvchilariga «Barmoqlar mashqi» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Miyaning yaxshi ishlashi va diqqatni jamlash uchun ikkala qo‘l ishtirok etadigan mashqlar yordam berishi haqida aytib o‘tildi. Mashqlar ishtirokchilar tomonidan amalda bajarildi.