Joriy yilning 15-iyun kuni Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Orazbaeva tomonidan “Doping haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarga iyun oyi malaka oshirish kursi Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoʻnalishi tinglovchilari ishtirok etdilar.
Seminarda doping tarkibida inson organizmining ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddatga kuchaytiradigan moddalar borligi va uni qabul qilgan insonlarda zaharlanish va o’lim holatlari kuzatilishi haqida ma’lumot berildi. Seminar yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.




