O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchisi kasbiy faoliyati natijalari ko’ra 95 ball toʻplagan “Sinxron suzish” sport turi bo‘yicha malakali trener Jaksibayeva Aysulu Abayevna tomonidan 17-iyun kuni Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida “Sinxron suzish” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.





