Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 17-iyun kuni iyun oyi “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yoʻnalishi boks guruhi tinglovchilari bilan birgalikda “Musobaqa va oʻquv-mashgʻulot faoliyati” moduli oʻqituvchisi A.Xojametov tomonidan Nukus shahar “BATIRXAN” xususiy sport klubida amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Amaliy mashgʻulotda tinglovchilar sportchilarning mashqlarni kuzatdi. Mashgʻulot jarayonida boks sport zaliga zarur boʻlgan anjom va jihozlar bilan yaqindan tanishdilar.




