Nukus filialida Nukus shahar “Badminton” bazasida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 93 ball toʻplagan iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchisi Baxshilloyev Fayzullo Botir o‘g‘li tomonidan 17-iyun kuni Nukus shahar “Badminton” bazasida “Badminton” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida Malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi mudiri P.Bazarbayev va sportchilar ishtirok etdilar.