Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasink oshirish instituti Nukus filialida “Kurash” sport turi bo‘yicha Xalqaro darajadagi hakamlar Serik Jusipbekov va Nokisbay Daniarovlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida iyun oyi malaka oshirish kursi Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar yo‘nalishi kurash guruhi tinglovchilari, professor-o’qituvchilar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida kurash sport turi bo‘yicha mamlakatimiz sportchilarining yutuqlari, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish va tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.



