2023-yil 20-iyun kuni Nukus filialida iyun oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi IV guruh tinglovchilariga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi, p.f.b.f.d (PhD) E.Allambergenov tomonidan “Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari” moduli bo‘yicha “Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda huquqiy-me’yoriy hujjatlar tushunchasi va turlari” mavzusida ochiq dars oʻtildi.
Ochiq darsda sport sohasidagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda zarur boʻladigan huquqiy-me’yoriy hujjatlar haqida keng ma’lumotlar berildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.




