“Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” marafoni

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 28-aprel kuni Buxoro shahrida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xodimlari va aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.