Joriy yilning 15-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – Vatan taraqqiyotining kafolatidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etishi va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida oxirgi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Tadbir davomida Sport vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot materiallari filialning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda tinglovchilariga tanishtirildi.




