Nukus filialida “Zakovat”  intellektual bilimdonlar oʻyini tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 17-may kuni Nukus filialida bo‘limlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlari o‘rtasida “Zakovat”  intellektual bilimdonlar oʻyini tashkil etildi. O‘yinda ishtirokchilar 3 jamoa bo‘lib bellashdi. Bellashuv davomida turli-tuman savollarga aniq javob bergan va faollik ko‘rsatgan jamoa g‘olib deb topildi va keyingi bosqichga yo‘llama olishdi.