Xorijiy mutaxassislar Nukus filialida

Joriy yilning 19-may kuni Rossiya Federatsiyasi Xalqaro Mas-restling federatsiyasi vitse-prezidenti Grigorev Innokentiy Yurevich va bosh hakam Ermolev Egor Innokentevichlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialiga tashrif buyurdilar va Nukus filialida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari turlari va yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bizdagi Mas-restling sportining rivojlanishi va kelajak rejalari haqida muhokama olib borildi.