Joriy yilning 19-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Rossiya Federatsiyasi Xalqaro Mas-restling federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik memorandumini tuzishdan maqsad: yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash, soha vakillarini xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish.




