Nukus shahrida o‘tkazilgan Mass-restling bo‘yicha Osiyo chempionatda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialidan “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Shilmanov ishtirok etdi va sovrinli III o‘rinni egallab bronza medal sohibi bo‘ldi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va hamkasblar nomidan erishgan yutuqlari uchun chin dildan muborakbod etamiz va kelgusida bundan ham yuqori shoxsupalardan joy egallashiga tilakdoshmiz.





