Nukus filialida davra suhbati tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 5-iyun kuni, iyun oyi “Sport taʼlim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi “Og‘ir atletika” guruhi tinglovchilari uchun Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti dekani A.Kaparov bilan “Mass-restling sport turning rivojlanishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida «Mass-restling» sportining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi va qonun-qoidalari haqida maʼlumotlar berildi.