O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 28-iyun kuni iyun oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar oʻrtasida “Voleybol”, “Darts”, “Shaxmat”, “Stol tennisi” sport turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.




