Joriy yilning 24-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri B.Kaypbergenov Nukus filialiga tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida Nukus filialida xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali diroktori dotsent Q.T.Mamutov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Texnika fanlari doktori B.T.Kaypbergenov o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.




