14-iyun “Butunjahon donorlar kuni”

Xalqimiz azal-azaldan bolajon xalq. Yosh avlodni jismonan va maʼnan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 13-iyun kuni Nukus filiali direktori dots. Q.T.Mamutov Respublika qon quyish stantsiyasida bo‘lishdi va “14-iyun – Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Bor mehrimiz sizga, bolajon” mustaqil donorlik aktsiyasida ishtirok etib kelajagimiz bo‘lgan bolajonlar uchun qon topshirdi.