#tashrif

Joriy yilning 20-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport Vaziri E.Qutibayev O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialiga tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida Nukus filialida xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va kelajak rejalar bo‘yicha tavsiyalar berdi.