Xorijiy mutaxassis ishtirokida seminar

Joriy yilning 22-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida iyun oyidagi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati, Alg‘a tumani sport maktabining oliy toifali treneri Esengaliyev Sergazi Quvanishbay o‘g‘li ishtirokida “Maxsus mashqlar yordamida bokschilarning texnik-taktik mahoratini takomillashtirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida boks sport turida sportchi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar, g‘alabaga erishish uchun o‘z ustida qanday ishlash kerakligi hamda sportchilarning texnik-taktik mahoratini takomillashtirish usullari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, boks sport turidagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan fikr almashilib, ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Boks bo‘yicha seminar — 1
Boks bo‘yicha seminar — 2
Boks bo‘yicha seminar — 3