📌 Joriy yilning 22-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida iyun oyidagi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be shahri, Olg‘a tumani sport maktabining oliy toifali treneri Esengaliyev Sergazi Quvanishbay o‘g‘li ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida mutaxassis tinglovchilarga boks sport turidagi kundalik mashg‘ulotlar va texnik usullar bo‘yicha tushunchalar berdi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirdi.


