Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olib borilayotgan islohotlar ahamiyati, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish muammolari va yechimlarni har tomonlama o‘rganish va istiqbolda ushbu sohaning ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashish maqsadida, 2021-yil 29-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialining 2021-yilgi rejasiga asoslanib, “O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy–amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Anjumanda ishtirok etadigan yuqoridagi muammoga qiziqqan, jismoniy tarbiya va sport tizimida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor- o‘qituvchilar, murabbiylar, trenerlar, mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari taklif etilgan.




