“TIL-MILLAT KO‘ZGUSI” MAVZUSIDA TADBIR

Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.

O‘zbekiston Respublikasining 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi 3561-XI-sonli Qonunining 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi o‘zbek tilini butun choralar bilan rivojlantirishi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida amal qilishini taʼminlashi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 2021-yil 20-oktabr kuni Nukus filialida oktabr oyi  “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi  tinglovchilari   va xodimlarga “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri N.A. Tleubergenova  va kafedra o‘qituvchisi E.Tleuovlar tomonidan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.