RESPUBLIKA ONLINE ILMIY-AMALIY ANJUMAN

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Nukus filiali da 2021 yil 29 oktyabr 9:00 dan boshlab 13:00 gacha onlayn zoom dasturi orqali “O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika Online ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Nukus filiali faollar zalida tashkil etildi. Anjumanga bir qator mehmonlar taklif etildi. Shamurat  BAYMANOVICH  Orazov  –  X.A.Yassaviy  nomidagi  xalqaro  qozoq-turk universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor, PERDEBAY  SHILMANOVICH  SHILMANOV  –  Nukus  davlat   pedagogika  instituti, pedagogіka fanlari nomzodi, professor,  AZAMAT SABUROVICH KALBAYEV – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i   bo‘ldi. Anjumanda bir qator frofessor o‘qituvchilar va mustaqil izlanuvchilar maʼruzalari tinglandi.