O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil -9 avgustdagi“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 507-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yil 9 noyabr kuni Nukus filialida “Xotin-qizlar kengashi raisi” N.Orazbayeva filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va noyabr oyida malaka oshirish kursiga kelgan “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi tinglovchilari orasidagi xotin –qizlarga “Xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand tarbiyasiga oid ko‘nikmalarini shakllantirish, xotin-qizlarning o‘z huquqlarini taʼminlanishi, ajralishlarning oldini olish” bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Ularni qiziqtirgan savollariga javob berib, kundalik hayotda ayollar orasida yuz berayotgan hodisa va voqealarni muhokama qilishdi.




