O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 14 -avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini ishini yana-da takomillashtirish haqida” gi 658-sonli qarorining 5-punktiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus taʼlimi vazirliklari rahbarligida, mazkur vazirliklar va muassasalar har yili 15-noyabrgacha, keyingi yilda malakasini oshirish kurslariga malaka oshirishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini Turizm va sport vazirligiga shakllantirib berish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, 2022 yil uchun tinglovchilar ro‘yxatini shakllantirishda Qoraqalpoǵiston Respublikasi sport taʼlimi muassasalariga amaliy yordam berish maqsadida Nukus filialida 11-noyabr kuni soat 10:00 13:00 oralig‘ida zoom platformasi orqali videokonferentsiya o‘tkazildi.




