OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Mana kuz kelishi bilan shahar va qishloqlarda, mahallalar va mehnat jamoalarida tevarak-atrofni tartibga keltirish, obodonlashtirish, ariq-zovurlar, xiyobonlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Nukus filiali rahbariyati, professor o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida filial hududini  kuzgi – qishki mavsumda tozalash ishlari  daraxtlar va butalarning shox-shabbalarini  kesib, ularga shakl berish, xazonlardan, chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.