SEMINAR TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022-yil 14- yanvaridagi “Turizm va sport vazirligida axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 33 A/f-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus filialida joriy yilning 3-fevral kuni filialning axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha masʼul xodimi N.Begjanova tomonidan filial xodimlari uchun axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarni direktorning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J.Abatov ochib berdi va seminar qatnashchilariga ish vaqtidan unumli foydalanish, bugungi texnika va texnologiyaning jadal rivojlanayotgan davrida internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tartibi va madaniyati haqida aytib otdilar.
Shundan so‘ng N.Begjanova so‘zga chiqib ish joyida ish faoliyatiga tegishli bo‘lmagan foto, audio, video hamda shaxsiy maʼlumotlarni saqlanishiga qatʼiy chek qo‘yilishi haqida tushuntirib o‘tdilar.