“ALISHER NAVOIY BUYUK QALB SOHIBI”

Nukus filialida joriy yilning 9-fevral kuni madaniyatimiz, adabiyotimiz tariximizning buyuk siymosi Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni munosabati bilan “Alisher Navoiy buyuk qalb sohibi” mavzusida zoom dasturi orqali onlayn tadbir tashkil etildi. Tadbirga filialning professor o‘qituvchilar, ishchi xodimlari va fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashdilar.
Tadbirni filialning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri N.A.Tlewbergenova ochib berdi va buyuk siymomiz Alisher Navoiyning ijodi va asarlaridagi tarbiyaviy jihatlari haqida aytib o‘tdilar.
Shundan so‘ng tadbir mehmoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Fazu Sharjanova so‘zga chiqdi va Alisher Navoiyning umri, ijodi, asarlari, bolaligidan ijodga qiziqib sher yozganligi va ezgan sherlariga kuy bastalaganligi haqida aytib o‘tdilar. Shuningdek Alisher Navoiyning yaratgan asarlari,dostonlari haqida aytib o‘tib, ijodidan parchalar o‘qib berdilar.