Nukus filialida joriy yilning 10-fevral kuni filialning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri N.A.Tlewbergenova va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Fazu Sharjanovalar tomonidan Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha “Yangi o‘zbek-lotin alifbosi” mavzusida zoom dasturi orqali onlayn seminar tashkil etildi. Seminarga filialning professor o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashdilar. ✅Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqesini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalar haqida shuningdek lotin alifbosining bugungi kundagi ahamiyati va o‘zbek-lotin alifbosiga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berildi.





