O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 30- mart kuni Nukus filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda mart oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilarga ishbilarmon Abdijamilov Maqset Abdiganievich tomonidan “To‘g‘ri ovqatlanish-salomatlik garovi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminardan maqsad, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yorqin kelajak uchun motivatsya berish va muvaffaqiyatlarga erishish sirlarini ochib berish.
Seminar juda qiziqarli o‘tdi va ishtirokchilarda katta tafsilotlar qoldirdi.




