DIREKTOR KUBOGI MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida  joriy yilning 16-aprel kuni Shaxmat sport turi bo‘yicha Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar ortasida filial direktori kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Musobaqaga shaxmat sport turi bo‘yicha mutaxassislar va hakamlar tashrif buyurdi. Musobaqaga O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi vitse prezidenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi raisi  Rustam Davlatov bosh hakamlik qildi. Yordamchi hakamlar  Shaxmat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempioni Rinat Davlatov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi aʼzosi Baxtiyor Gaypovlar bo‘lishdi.

Musobaqa yakunida 1- o‘rinni aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchi Baxtiyar Xojabayev, 2-o‘rinni Nukus filiali assistent o‘qituvchisi Baxıt Izbasqanov va 3-o‘rinni aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchi Farxat Yusupov egalladi. Musobaqa sovrindorlari direktor kubogi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.