KO‘CHMA MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI

Nukus filialida joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniń “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gı 2020-yil 4-noyabrdagı PQ-4881-san qarori ijrosini taʼminlash maqsadida aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilarga «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi assistent o‘qituvchisi A.Xojametov tomonidan “Yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabi “Kurash” sport zalida ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi. Ko‘chma mashg‘ulotda Xalqaro darajadagi hakam S.Jusipbekov va trener B.Jusipbekovlar qatnashdi va tinglovchilarga “Kurash” sport turidan musobaqalar tashkil etish qoidalari, musobaqalarda hakamlik qilish tartibi haqida keng tushunchalar berdi.