Joriy yilning 18-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Nukus filiali tomonidan XALQARO TAJRIBALAR ALMASHISH MAQSADIDA Qozog‘iston Respublikasi Olma Ota shahridagi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogik universitetіning “Informatika va ta’limni axboratlashtirish kafedrasi”ning katta o‘qituvchisi Bedelov Qambar Amangeldievich ishtirokida “Internet xizmatrlari: elektron pochta, qidiruv tizimlaridan foydalanish” mavzusida zoom dasturi orqali online seminar tashkil etildi.
Seminarda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti “O‘quv-mashg‘ulot jarayonini ilmiy axborot bilan ta’minlash hamda ilmiy-metodika bo‘limi” boshlig‘i S.Nazarov, Nukus filali professor-o‘qituvchilari, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogik universitetіning “Informatika va ta’limni axboratlashtirish kafedrasi”ning professor-o‘qituvchilari va iyun oyida Buxoro viloyatida tashkil etilgan ko‘chma malaka oshirish kursida malakalarini oshirayotgan tinglovchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar biz yashab turgan texnika va texnologiya asrda Internet tarmog‘ining sport sohasidagi ahamiyati va sohaga oid malumotlarni olishda Internet xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha eng so‘ngi ma’lumotlarga ega bo‘lishdilar.






