Joriy yilning 20-iyun kuni Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida va “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi rejasiga asosan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari va iyun oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar ortasida “Shaxmat” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqaga 4 ta guruh jamoa bo‘lib qatnashishdi. Shundan 47 ta ayollar. Jami 98 nafar filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari berildi.




